Foto: National Post

O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin

/

Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi idoralararo buyruqni muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning (biznes-ombudsman) nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas. Qolaversa, oluvchiga 24 soatdan kechiktirmay yuborilishi belgilanmoqda.

Hujjat bilan ombudsman va biznes-ombudsmanning mahkumlar shikoyatiga javobi muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi.

Buyruq loyihasi muhokamasi 24-martga qadar davom etadi.

Latest from Blog