Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklandi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich tiklanib bormoqda.

2021-yil yanvar—fevral oylarida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 18,8 trillion so‘mni tashkil etdi (2020-yilning shu davrida 18,7 trillion so‘m bo‘lgan). Xorijiy valyuta xaridi 1,72 milliard dollarni tashkil etib, qariyb karantindan oldingi davr ko‘rsatkichi (1,77 milliard dollar)ga teng bo‘ldi.

Fevral oyida tovar-xomashyo birjasidagi umumiy aylanma yanvar oyiga nisbatan 26,5 foizga va 2020-yilning mos oyiga nisbatan 1,6 barobarga ko‘paydi. Banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy soni ham fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 19,6 foizga oshdi.

Tashqi talabning tiklanib borishi sharoitida yanvar—fevral oylarida eksport tushumlari (oltinni hisobga olmaganda) 2020-yilning mos davriga nisbatan 8 foizga o‘sib, 1,4 milliar dollarga yetdi. Bunda, fevral oyida ekportdan tushumlar 743 million dollarni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 13 foizga o‘sdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar