/

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi

O‘zbekistonda 31-iyul kuni koronavirusga qarshi 247 059 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shundan 183 860 doza birinchi bosqichda, 46 090 doza ikkinchi bosqichda va 17 109 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 7 681 748 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, 1-bosqich emlanganlar 4 987 958 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 1 929 460 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 764 330 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar  soni esa 1 211 019 nafarni tashkil qilmoqda.

31-iyuldagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (28 776 doza),
  • Toshkent viloyati (27 889 doza),
  • Farg‘ona viloyati (27 085 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  •  Farg‘ona viloyatida (984 369 doza),
  • Namangan viloyatida (977 069 doza),
  • Andijon viloyatida (853 945 doza).

Ma’lumotga ko‘ra, 2021-yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 million 761,5 ming dollar sarflangan. Ulardan o‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 million 100 ming dollar, “Sputnik V” vaksinasiga 3 million 681,5 ming dollar va AstraZeneca vaksinasiga 1 million 980 ming dollar sarflangan.

30-iyul kuni O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelindi va dastlab Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 9-sonli oilaviy poliklinikasida mazkur vaksinasi bilan emlash ishlari boshlandi.

O‘zbekistonga 1,2 million dozada Pfizer vaksinasi ham olib kelinishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog