Foto: The Nizh Telegram

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

/

1-aprel kuni Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlandi. Birinchi bosqichda 65 yoshdan katta boʻlgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanmoqda deya xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Xabarga koʻra, Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 8 mingdan ortiq fuqaro emlanishi rejalashtirilgan.

Bir kun oldin poliklinikada tayyorgarlik ishlari tugatilib, ikkita vaksina Xitoy-oʻzbek (ZF-UZ-VAK2001) va AstraZeneca (Hindistondan keltirilgan Covishield) olib kelingan. Poliklinka bosh shifokorining soʻzlariga koʻra, Xitoy-oʻzbek vaksinasi uch marotaba, AstraZeneca vaksinasi esa 21−28 kun oraligʻida ikki marotaba qilinadi.

“Tibbiy xodimlarga ham, aholiga ham vaksina qilish ixtiyoriy, ularning tanlash huquqi bor. Tibbiy xodim boʻladimi, oddiy fuqaromi, ular oʻzi tanlagan vaksina bilan emlanadi”, — deydi poliklinka immunologi.

Ertalab soat 9dan vaksinatsiya boshlangan poliklinika xodimlarining soʻzlariga koʻra, hozircha koʻproq odamlar Xitoy-oʻzbek vaksinasini tanlashmoqda.

Poliklinika bosh shifokori Xalmuxamedova Nargiza birinchi boʻlib oʻzi (xitoy-oʻzbek vaksinasi bilan) emlandi.

Uning soʻzlariga koʻra, poliklinika qoshida ikkita vaksinatsiya punktlari tashkil etilgan — asosiy bino va filialda. Bundan tashqari, tumandagi shifoxonalar, stomatologik klinikalar va boshqa tibbiy muassasalar xodimlarini emlash uchun mobil brigadalar ham tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu brigadalar uyida yotgan va poliklinikaga kelolmaydigan 241 nafar fuqarolarni ham emlash uchun safarbar qilinadi.

Poliklinikada roʻyxatdan oʻtish, vaksina olish, kuzatuv va tibbiy yordam koʻrsatish xonalari tayyorlab qoʻyilgan.

Vaksinatsiyadan oldin fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Poliklinikada kuzatuv xonasi tashkil etilgan boʻlib, fuqaro emlanganidan soʻng 30 daqiqa davomida shifokorlar kuzatuvida boʻladi, undan keyin ularga javob beriladi. Vaksinadan nojoʻya taʼsir koʻrganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Keyingi bosqichda ushbu poliklinikada 18 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan 3 930 nafar surunkali kasalligi bor bemorlar emlanadi.

“Vaksina olgan fuqaroda harorat koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi, holsizlik, bosh ogʻrishi kabi alomatlar kuzatilsa, birinchi oʻrinda uchastka hamshirasi yoki shifokori, immunolog hamda vaksinatorlarga murojaat qilishi mumkin”, — deydi bosh shifokor.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar