Foto: interfax.uz

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 8 mln kishidan oshdi

/

O‘zbekistonda 16-avgust kuni COVID-19 ga qarshi 162 723 doza vaksina qo‘llanildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 91 508 doza birinchi bosqichda, 58 041 doza ikkinchi bosqichda va 13 174 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Shu kungacha O‘zbekistonda jami 12 266 057 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 8 661 349 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 643 005 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 961 703 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 1 423 474 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 423 474 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (32 561 doza),
  • Namangan viloyati (27 410 doza),
  • Farg‘ona viloyati (26 783 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 1 391 575 doza,
  • Farg‘ona viloyatida 1 390 203 doza,
  • Andijon viloyatida 1 320 855 doza,
  • Samarqand viloyatida 1 209 520 doza,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 050 690 dozani tashkil qilmoqda.

Latest from Blog