Foto: interfax.uz

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 11,3 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

/

O‘zbekistonda 11-avgust kuni COVID-19 ga qarshi 296 963 doza vaksina qo‘llanildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 272 603 doza birinchi bosqichda, 18 685 doza ikkinchi bosqichda va 5 675 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Shu kungacha O‘zbekistonda jami 11 382 468 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqich emlanganlar 8 049 126 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 423 846 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 909 496 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 1 371 257 nafarni tashkil qilmoqda.

11-avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Qashqadaryo viloyati (50 760 doza),
  • Surxondaryo viloyati (39 171 doza),
  • Andijon viloyati (23 594 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar

  • Farg‘ona viloyatida 1 292 563 doza,
  • Namangan viloyatida 1 288 376 doza,
  • Andijon viloyatida 1 215 501 doza
  • Samarqand viloyatida 1 150 859 dozani tashkil qilmoqda.

Latest from Blog