O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga ko‘payib, 2509 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq O‘zbekistonda 11-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2486 nafarga yetgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog