O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 186 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 18-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 118 nafarga ko‘paydi va jami kasallanganlar soni 16 186 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanganlarning

  • 40 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 31 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 25 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

18-iyul kuni 10:00 holatiga ko‘ra 289 kishida, 17:00 holatiga ko‘ra 172 kishida koronavirus aniqlangandi.

Kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 31 nafar, Namangan viloyatida 55 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar hamda Navoiy viloyatida 5 nafar, jami 124 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 6976 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog