O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 14 kishiga yetdi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi 3 yildan buyon I guruh nogironi, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan, 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan 63 yoshli bemor 2020-yilning 19-may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga og‘ir ahvolda yotqizilgan, deya xabar bermoqda “Daryo” nashri Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Foto: TASS

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tahlillar natijasida bemorda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan. 25-may, dushanba kuni bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bo‘limda bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan.

“Turli yo‘nalishlar bo‘yicha bosh mutaxassislar va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha

  • 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
  • 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
  • 7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
  • 11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
  • 14-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli Sh. yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
  • 18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
  • 22-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 54 yoshli bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
  • 24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
  • 29-aprel kuni Toshkentda 1959-yilda tug‘ilgan G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
  • 3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
  • 15-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
  • 17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik haydovchi I. yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
  • 18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan Toshkentda vafot etdi.

Ma’lumot uchun, 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 3281 ta holat aniqlangan. 26-may soat 19:50 holatiga ko‘ra bemorlarning 2636 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog