O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2659 nafarga yetdi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor 27-may kuni butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 976 nafarga yetdi.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

Bundan avval O‘zbekistonda koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar 2636 nafarni tashkil etayotgandi. Endilikda ular soni 2659 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 27-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 3333 nafarni tashkil etmoqda. 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog