O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 19 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda 2020-yil 24-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 193 kishiga ko‘payib, 19 179 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarining

  • 106 nafari Toshkent shahrida,
  • 52 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Xabar berilishicha, 24-iyul kuni Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 203 nafar fuqaro sog‘ayib, tuzalish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda kasallik qayd etilganidan buyon 104 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.

Hozirda mamlakatda 8872 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog