O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 14 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda 2020-yil 14-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 92 kishiga ko‘paydi va 14 085  nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Anadolu Agency

Yangi kasallanish holatlarining

  • 33 tasi Toshkent shahrida;
  • 32 tasi Samarqand viloyatida;
  • 27 tasi Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

5691 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni jami 297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgan, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha esa yangi rekord o‘rnatilgan. Avvalgi rekord yangilangan (2020-yil 8-iyul). O‘shanda 249 nafar bemor tuzalgandi. 2020-yil 14-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 8327 nafarni (59 foiz) tashkil etmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri mamlakatda 67 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog