O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirildi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, shu yilning 18-mayidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) tiklanadi. Shuningdek, Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, avia va temiryo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Mazkur tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog