O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitiladi va ularga stipendiya to‘lanadi


2017-2020-yillar davomida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etiladi, deya xabar qildi Uz24 portali Norma.uz’ga tayanib.

Tashkil etilayotgan markazlar davlat ta’lim muassasalari hisoblanadi va bevosita Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi. Ularning faoliyatiga umumiy o‘quv-metodik rahbarlik qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi.

Ko‘rsatilgan markazlar quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:

o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan ishsiz va vaqtincha band bo‘lmagan, shu jumladan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va kasblar bo‘yicha — 1 yilgacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha — xodimlarni, har yili o‘qishga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar bo‘yicha — to‘lov asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish.

Tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi. Bunda tashkil etilayotgan markazlarning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadigan 40%gacha miqdorda doimiy ustama belgilandi.

Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar jumlasidan bo‘lgan o‘quvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul o‘qiyotgan davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, qonun hujjatlarida belgilangan EKIHning 1 baravari miqdorida, 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida stipendiya to‘lanadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar