O‘zbekistonda Internetda milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 14-avgustdagi qarori bilan 2017—2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi.

Foto: elnuevodiario.com.ni

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;

Internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;

mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy Internet jahon axborot tarmog‘i axborot resurslarida uning ulushini oshirish, O‘zbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;

ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, ZiyoNET ta’lim axborot tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;

Internet jahon axborot tarmog‘ida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirish;

Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar