Foto: CNET

O‘zbekistonda internet tezligi oshishi kutilmoqda

/

Oʻzbektelekom bosh direktori oʻrinbosari Alisher Zufarov ishtirokida Oʻzbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida Oʻzbektelekom AK brifingi boʻlib oʻtdi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanligini samarali zaxiralash maqsadida, Oʻzbektelekom AK modernizatsiya ishlarini olib bormoqda va ushbu ishlar doirasida mavjud 1 200 Gbit/s tezlik 3 200 Gbit/s gacha oshiriladi.

Maʼlum qilinishicha, ayni paytda zarur uskunalar olib kelingan va joriy yilning 3-choragi oxiriga qadar montaj va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, brifingda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish haqida ham soʻz yuritilgan.

Unga koʻra, aholiga simli keng polosalik ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida 2021 Oʻzbektelekom AK tomonidan qoʻshimcha ravishda yana 1 milliondan koʻproq port oʻrnatib, ularning umumiy soni 3,3 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shu tarzda butun mamlakat boʻylab yana-da koʻproq aholi uchun yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish ulanish imkoniyati yaratiladi.

Latest from Blog