O‘zbekistonda ilk bor Tojikiston yoshlari soddalashtirilgan tartibda tahsil oladilar

Tojikiston talabalari ilk marta O‘zbekistonda soddalashtirilgan tartibda tahsil olishlari mumkin. Bu haqda RIA Novostiga tyanib Sof.uz xabar bermoqda.

Foto: Pskov Davlat Universiteti

“2017/2018 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga tojik talabalarini soddalashtirilgan tartibda qabul qilish boshlanadi. Tojikiston fuqarolari TDYuUga kvotadan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishlari mumkin. Buning uchun ular imtixon topshirishlari shart emas, faqatgina suhbatdan o‘tadilar”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

TDYuU Boston kollejining huquq Maktabi, Kapitoliy Tuluza 1, Nagoya, Osaka, siyosat va huquq bo‘yicha Shimoli-g‘arbiy (Xitoy, Sian) va Sharqiy universitetlari bilan xalqaro aloqalar va loyihalarni yo‘lga qo‘ygan.

Avvalroq, O‘zbekiston Milliy Universitetida MDHdan kelgan xorijiy talabalar bemalol o‘qiy olishi haqida xabar qilingan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog