Foto: Toronto Star

O‘zbekistonda ham aniqlangan koronavirusning “afrikacha” shtammi haqida ma’lumot berildi

//

Koronavirusning “afrikacha” shtammi boshqa shtammlardan ko‘ra og‘irroq kechadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

— “Afrikacha” shtammning alohida belgilari bormi, oldin aniqlangan turlardan nimasi bilan farq qiladi?

– “Afrikacha” shtammning alohida belgisi boshqa mutatsion shtammlarga nisbatan og‘irroq kechuvidadir. Yana bir xususiyati, mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda o‘pkaning katta sohalarini jarohatlaydi. Shu bois kasallik boshqa shtammlarga nisbatan og‘irroq kechadi, – deydi Sevara Ubaydullayeva.

Ma’lumot uchun, koronavirusni yuqtirganlar soni kunlik 300 nafardan oshib borishi ortidan bosh vazir Abdulla Aripov raisligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonda virusning “afrikacha” shtammi ham aniqlangani aytilgandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda “britancha” shtamm 30-yanvar kuni aniqlangan edi. Shtammning O‘zbekistondagi ilk bemori – 10 yoshli qizaloq 12 kun shifoxonada davolangandan so‘ng uyga javob berilgan.

Latest from Blog