O‘zbekistonda go‘sht eksporti hukumat qaroriga binoan amalga oshiriladi

O‘zbekiston Prezidentning 4-maydagi PF-5034-son Farmoni bilan avval eksport qilinishi taqiqlangan go‘sht va iste’molbop go‘shtli qo‘shimcha mahsulotlarni eksport qilishga endilikda O‘zbekiston Prezidenti yoki Hukumati qaroriga binoan ruxsat berilishi belgilandi.

Foto: CBC.ca

Eksport qilish taqiqlangan predmetlar va mahsulotlar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi, deb yozadi Norma.uz. Natijada go‘sht va iste’molbop go‘shtli qo‘shimcha mahsulotlari (TIF TN 0201-0210 kodlari, 0204 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0 kodlari bo‘yicha tovuq panjalaridan tashqari) Prezident yoki Hukumat qarorlariga binoan eksport qilinishi mumkin.

Ilgari mazkur tartib faqat uy parrandasining iste’molbop qo‘shimcha mahsulotlariga (0207 53 000) tatbiq etilardi, go‘sht va iste’molbop go‘shtli qo‘shimcha mahsulotlarini esa (yuqorida keltirilgan kodlar bo‘yicha tovuq panjalaridan tashqari) eksport qilish taqiqlangandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog