O’zbekistonda Futbol TV test rejimida ishga tushadi


Tez orada O‘zbekistonda futbolga ixtisoslashgan «Futbol TV» telekanali ish boshlaydi.

Ayni paytda, telekanal rahbariyati faoliyatni boshlash uchun tegishli idoralardan litsenziya va ruxsatnomalarni olgan. Hozirgi kunda texnik ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

Sportolami.ru‘ga ko‘ra, telekanal Uzreport-TV qoshida tashkil qilinadi. U Angliya va Ispaniya chempionati o‘yinlarini O‘zbekiston hududida rasman namoyish etish huquqiga ega.

Norasmiy xabarlarga ko‘ra O‘zbekistonda ochilishi kutilayotgan Futbol TV telekanali kechadan raqamli test tarzda ishga tushishi kerak edi. Bu xaqda telekanal xodimlari xabar bergan.

Latest from Blog