Foto: Interfax.uz

O‘zbekistonda fuqarolar iyun oyida banklardan qancha dollar sotib olgani ma’lum qilindi

/

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 2021-yilning dastlabki 6 oyida sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2020-yilning mos davri (2,2 milliard dollar)ga nisbatan 1,5 barobarga ko‘p. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 2 milliard dollar sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri (1,7 milliard dollar)ga nisbatan 1,2 barobar o‘sdi.

Keltirilgan ma’lumotdan ko‘rish mumkinki, jismoniy shaxslar iyun oyining o‘zida 345 million dollar sotib olgan bo‘lsa, 603 million dollarni sotgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi.

Latest from Blog