Foto: Indicator.gr

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

/

O‘zbekistonda 2021-yilning fevral oyida iste’mol tovarlari va nooziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 0,6 foizga qimmatladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar asosiy guruhlari ichida mevalar va yong‘oqlar (1,7 foiz), sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar (sabzavot bananlar), yog‘lar va moylar (1,4 foiz), shuningdek, dukkaklilar (0,8 foiz) oy davomida sezilarli darajada oshgan.

2020-yilning fevralida ushbu bo‘limda mevalar va yong‘oqlar (4,3 foiz) boshqalarga nisbatan yuqoriroq qimmatlashgan bo‘lsa, sut, sut mahsulotlari va tuxum (-0,1 foiz) narxlarida arzonlashish qayd etilgan.

O‘tgan oy davomida xizmatlar 0,8 foizga qimmatlashgan. Bu o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 0,5 foiz bandga yuqori. 2019-yilning fevral oyida xizmatlar narxlarining oshishi joriy yildagi kabi 0,8 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, yil boshidan turar joylarga xizmat ko‘rsatish uchun materiallar 1,5 foizga (2020 yil fevraliga nisbatan 12,1 foiz), turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 1,0 foiz (15,7 foiz), sovuq suv va kanalizatsiya uchun to‘lovlar 1,6 barobarga (1,9 barobar), ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatish 1,3 foizga (3,2 foiz), chiqindilarni to‘plash uchun to‘lovlar 0,7 foizga (2,8 foiz) oshgan.

Latest from Blog