O‘zbekistonda «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etiladi. Prezident 14-iyul kuni bu haqdagi qarorni imzoladi.

“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi “Xorazm shakar” aktsiyadorlik jamiyati, “Angren shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati va qator xorijiy kompaniyalar tashabbusi bilan tashkil etildi.

Fondning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

– aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishni ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitatsiya qilish va oldini olish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish;

– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;

– aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi genofondini yaxshilash, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

– xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larini jalb etish va jamlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirish, Fondning asosiy vazifalariga muvofiq ulardan Fond xayriya dasturlarini (keyingi o‘rinlarda – Fond xayriya dasturlari) amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlash.

Latest from Blog