O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi monopoliyaga barham berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasidagi monopoliyaga barham berish rejalashtirilmoqda. 2017−2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida “Faol biznes, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘yicha (2018 yil) ishlab chiqilgan Davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Foto: RBK

Davlat dasturining asosiy punktlaridan birida “elektr energiyasini ishlab chiqarishda monopoliyani tugatish, elektr ta’minoti sohasida raqobat muhitini shakllantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini ilgari surish” qayd etilgan.

Joriy yilning 30-iyuniga qadar normativ-huquqiy hujjatning tegishli loyihasi ishlab chiqiladi.

Bunga “O‘zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbek gidroenergetika”, “O‘zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, loyihalarni boshqarish milliy agentligi mas’ul etib tayinlandi.

Latest from Blog