O’zbekistonda eksport qiluvchilarning bir qancha xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoplaydi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.

Foto: Vietnam Investment Review

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi:

– eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temiryo‘l transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash;

– meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish;

– agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;

– vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 660-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog