O‘zbekistonda dollarning rasmiy narxi oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 25-iyuldan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi avvalgi hafta bilan taqqoslaganda 27,91 so‘mga oshdi va 4070,38 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi esa 84,39 so‘mga qimmatlashib, 4697,67 so‘mga teng bo‘ldi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Latest from Blog