O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yil 18-iyuldan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi avvalgi hafta bilan taqqoslaganda 27,97 so‘mga qimmatlashib, 4042,47 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 44,38 so‘mga oshib, 4613,28 so‘mga teng bo‘ldi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Latest from Blog