Foto: SWNS

O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlandi

/

O‘zbekistonda topilgan tosh qoldiqlarida avvallari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi aniqlandi. Dzharatitanis kingi nomini olgan ushbu dinozavrning uzunligi salkam 20 metrni tashkil etgan va u diplodok — sayyorada yashagan eng katta jonzotning qarindoshi hisoblanadi, deb yozadi Daily Mail.

Ushbu dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan. Uning xivichsimon dumi va uzun bo‘yni sabab baland daraxtlardan bemalol ozuqa qidira olgan.

Dinozavrga tegishli bo‘lgan dum suyagi Qizilqum cho‘lidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdan umurtqali hayvonlarning “asosan parchalangan, ammo ko‘pincha ajoyib holatda saqlanib qolgan skelet qoldiqlari” topilgan.

Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va o‘tkir tishlarga ega bo‘lgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. Uning massiv karkasi to‘rtta ustunsimon tayanchda joylashgan. U bundan 145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin tugagan Bo‘r davrida yashagan.

Topilma nafaqat yangi tur, balki rebbaxizavridlar oilasidagi yangi turkum mavjudligini bildiradi. Rebbaxizavridlar — Yer yuzida hozirga qadar yashagan eng yirik jonzotlar hisoblanadi. Rebbaxizavridlarning barcha qoldiqlari Janubiy Amerikaning janubiy qismidan shimoli-sharqiy qismiga qadar va Afrikaning shimoli-g‘arbidan Yevropagacha bo‘lgan ingichka qismidan topilgan, biroq Osiyoda unga hech qachon duch kelinmagan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar