Foto: The Nizh Telegram

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina olgan fuqarolarga sertifikat beriladi

/

O‘zbekistonga emlanganlik to‘g‘risida sertifikatlarni joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda SSV vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, eng avvalo, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda va emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. «Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi», — dedi Bahodir Yusupaliyev.

«Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shprits ta’minoti, xavfsiz qutilar ta’minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishyapti», — deya qo‘shimcha qildi u.

Latest from Blog