O‘zbekistonda Chevrolet Tracker ishlab chiqariladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida GM Uzbekistan avtozavodi tomonidan ishlab chiqariladigan yangi avtomobil bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Foto: Wikipedia

Davlat rahbari yangi avtomobilning xususiyatlari, ichki va tashqi koʻrinishi bilan tanishdi. Xabarda aytilishicha, yangi modelning qachondan boshlab ishlab chiqarilishi hozircha aniq emas. Tracker Toshkentda yirik uzelli yigʻish asosida ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

GM Uzbekistan 2015-yilda ushbu avtomobilni Rally Muynak avtorallisida sinovdan oʻtkazgan.

Shevrolet Tracker — kompakt sinfidagi krossover boʻlib, ilk marta 2012 yilda Parij avtosalonida namoyish etilgan.

 

Avtomobil besh oʻrindiqli, 7 dyuymli sensorli ekran, navigator va orqani koʻrsatuvchi kamera bilan jihozlangan. Dvigateli quvvati 140 ot kuchiga teng.

Chevrolet Tracker aynan qachondan O‘zbekiston bozorida paydo bo‘lishi, uning ichki bozordagi narxi qanday bo‘lishi haqida hozircha aniq axborot yo‘q.

Latest from Blog