O‘zbekistonda bolalar kuni keng nishonlanmoqda

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O‘zbekistonning turli hududlarida bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, “Adolat” SDP Buxoro shahar Kengashi,  Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlik guruhi tashabbuskorligida 44-“To‘qimachi” MFY, Buxoro Yengil sanoat va pedagogika kasb-hunar kolleji, Buxoro qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda 12-umumta’lim maktabining o‘yingohida “Farzandlarimiz – e’zoz va e’tiborda’ mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Partiyaning Buxoro viloyat Kengashi matbuot kotibi Mohigul Abdullayeva xabar bermoqda.

Foto: Adolat” SDP Buxoro shahar Kengashi

Bayram tadbirida dastlab Buxoro viloyati “Shotokan Karate do Assotsiatsiyasi”ning sportchilari chiqish qilib, bayram tabdirining yanada qiziqarli bo‘lishida hissa qo‘shishdi. Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi esa mahalla bolajonlari uchun o‘z namoyishlarini juda chiroyli tarzda ko‘rsatib berishdi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun maxsus maydoncha tashkil qilindi. Bu esa barchaga shodlik ulashdi.

Latest from Blog