O‘zbekistonda bir kunda 18 kishida koronavirus aniqlandi, 96 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda 5-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 3 kishiga oshib, kasallanganlar 2207 nafarga yetdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-may davomida O‘zbekistonda jami 18 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Taqqoslash uchun: 4-may 40 kishida, 3-may kuni 31 nafar, 2-may kuni 32 nafar, 1-may kuni esa 47 nafar bemorda koronavirus aniqlangan edi.

Shu bilan birga, 5-may kuni mamlakat bo‘yicha 96 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganlar soni jami 1501 kishiga yetdi. Kun davomida Farg‘onada 47 kishi, Samarqandda 10 kishi, Toshkentda 4 kishi, Buxoroda 35 kishi koronavirusdan sog‘aydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri 10 kishi kasallik qurboni bo‘ldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog