O‘zbekistonda ba’zi yuk avtomobillar import bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi

«O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etiluvchi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘yilgan.

Ushbu qaror loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2007-yil 14-martdagi ishlab chiqarishni texnologik qayta qurish sohasida qabul qilingan qaroriga asosan Tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasiga muvofiq, import bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘idan quyidagi transport turlarini ozod etish taklif qilinmoqda:

yuklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari.
maxsus ishlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari (masalan, yuk avariya avtomobillar, avtokranlar, yong‘in transport vositalari, avtobetonqorgichlar, yo‘llarni tozalash avtomobillari va boshqalar).
Ushbu transport vositalari Yevro 3 va undan ortiq standartga to‘g‘ri kelishi lozim.

Qaror loyihasi Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Yangi hujjat 2017-yil 1-avgustga qadar muhokama qilinib, 2017-yil 7-avgustdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar