O‘zbekistonda «Atletiko Madrid» futbol klubining akademiyasi tashkil qilinishi mumkin

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahriga xizmat safarida «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashdi.

«Atletiko Madrid» futbol klubi vitse-prezidenti Inigo Aznar O‘zbekiston bilan hamkorlik katta natijalar olib kelishini mumkinligini ta’kidlagan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, «Atletiko Madrid» klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil qilishni taklif qilgan. Klub rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog