O‘zbekistonda “Apostil” uchun to‘lov miqdori keskin kamaydi

Hukumatning 2018-yil 17-fevraldagi qarori bilan O‘zbekistonda tuzilgan rasmiy hujjatlarga maxsus shtamp – “Apostille” qo‘yilganligi uchun to‘lov miqdori 10 baravarga kamaytirildi, ya’ni 172 240 so‘mdan 17 224 so‘mga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilindi.

Foto: Advanced Mobile Notary

Ma’lumki, har yili 30 mingdan ortiq fuqarolar ishlash, o‘qish, oila qurish va boshqa shu kabi masalalarda davlat tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarni xorijdagi rasmiy idoralarga topshiradi. Ushbu hujjatlarni xorijda tan olinishining asosiy usullaridan biri sifatida ularga maxsus shtam – “Apostille” qo‘yilgan bo‘lishi shart.

O‘zbekistonda “Apostille” uchun to‘lov miqdorining yuqoriligi haqida ko‘plab fuqarolardan e’tirozlar bildirilgan. Shu sababli, Adliya vazirligi tomonidan ushbu to‘lov miqdorini kamaytirish yuzasidan taklif ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.

Hukumat tomonidan ushbu taklif qo‘llab-quvvatlanib, ko‘pchilik fuqarolarning talab va istaklari qondirildi.

Ma’lumot o‘rnida, rasmiy hujjatlarga maxsus shtam – “Apostille” qo‘yish vakolatiga ega bo‘lgan 4 ta tashkilot – bular:

  • sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – Adliya vazirligi;
  • prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – Bosh prokuraturasi;
  • ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha –Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi;
  • boshqa har qanday rasmiy hujjatlar bo‘yicha – Tashqi ishlar vazirligi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar