/

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi 1-apreldan emlash boshlanadi

Foto: yuz.uz

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov “Sevimli TV” telekanalining “Zamon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida O‘zbekistonda aholini emlash tadbirlari 1-apreldan boshlanishini ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina (AstraZeneca) bilan aytaylik, 330 ming odamni ikki marta emlashimiz kerak. Buning uchun vaksinalarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydigan, vaksinani ochgan paytda to‘liq ishlatish imkoniyatlari yuzaga keladigan, qolaversa, yana bir bor birlamchi bo‘g‘in tizimini yangi vaksina bilan emlash ishlariga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan bu vaqtni belgilaganmiz”, — deydi Nurmat Otabekov.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog