O‘zbekistonda 41 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududida 25-may kuni Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab bo‘lgan yuqori barik o‘rkach (balandlikdagi yuqori bosimli qatlam) ta’siri saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: Gazeta.uz

25-may kuni butun respublika bo‘yicha ob-havo ochiq bo‘ladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va cho‘l zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha yetadi.

Balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatdagi ob-havo sharoitlariga ta’sir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida 27-28-may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning shimoli, cho‘l zonasi va janubida harorat bundan ham issiq, 40-41 darajagacha yetadi, bu butun hududimiz bo‘yicha may oyining so‘nggi kunlari uchun xos o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori va eng issiq yillarda shu kunlarda kuzatilgan haroratlardan bir oz pastdir.

Qayd etilishicha, Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va cho‘l zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog