O‘zbekistonda 22-iyul kuni 498 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 21-iyul soat 23:30 dan 22-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 498 ta holat qayd etildi. 16-iyuldan beri birinchi marta kunlik kasallanganlar soni 500 nafardan kam bo‘ldi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18379 kishiga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 93 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
  • 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 191 nafar, Andijon viloyatida — 61 nafar, Surxondaryo viloyatida — 50 nafar, Buxoro viloyatida — 47 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 19 nafar, Namangan viloyatida — 16 nafar, Xorazm viloyatida — 13 nafar, Samarqand viloyatida — 8 nafar) aniqlangan.

Kun davomida 8 ta hududda kasallikka chalinish holati qayd etildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog