O‘zbekistonda 2021-yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etildi

Foto: Ferra.ru

Davlat statistikasi qoʻmitasi Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan ajrim holatlariga oid maʼlumotlarni eʼlon qildi. Eng koʻp Toshkent shahrida oilalarga darz ketgan boʻlsa, eng kam holat Qoraqalpogʻistonda kuzatilgan.

Hududlar kesimida ajrimlar soni:

  • Toshkent shahri — 1331 ta;
  • Fargʻona viloyati — 999 ta;
  • Andijon viloyati — 995 ta;
  • Toshkent viloyati- 946 ta;
  • Samarqand viloyati- 912 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 711 ta;
  • Namangan viloyati- 682 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 581 ta;
  • Buxoro viloyati — 500 ta;
  • Xorazm viloyati — 344 ta;
  • Jizzax viloyati — 337 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 298 ta;
  • Navoiy viloyati — 289 ta;
  • Qoraqalpogʻiston — 288 ta.

Mart oyining birinchi haftasida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda oilaviy ajrimlar soni yuqori boʻlib qolayotgani masalasiga toʻxtalib, 2020-yilda 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganini taʼkidlagan edi. “Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap boʻlardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia”, — degan edi prezident.

Avvalroq, ajrimlar soni oshib borayotgani sabab nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish taklifi ham bildirilgan edi. “Nikohdan oʻtib, soʻng farzandini tirik yetim qilgandan koʻra, uch oylik muddatda bir-biriga maʼqul kelmasa, oʻz yoʻlida davom etgani maʼqul”, — deyilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog