O‘zbekistonda 2021-yilda ham elektr energiyasining narxi oshmasligi kutilmoqda

Foto: Interfax.uz

021-yil yakuniga qadar 15 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 4 ming dona transformatorni yangilash ko‘zda tutilgan. Natijada O‘zbekistondagi 5 ming 377 ta mahallaning elektr ta’minoti yaxshilanadi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev 15-mart, dushanba kuni jurnalistlarga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.

Mustafoyevning ta’kidlashicha, 2021-yilda ham elektr energiyasining narxi oshmasligi kutilmoqda.

“Tizimda qilinayotgan ishlar va o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Xalqimiz manfaati uchun katta mablag‘lar sarflanyapti. Mana ikki yildirki, tariflarni oshirganimiz yo‘q. Ikki yildan beri 295 so‘m turibdi.

Prezidentimiz bu yil ham tarifni oshirmaslik chorasini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi. Hamma narsaning narxi oshyapti, lekin elektr narxi oshgani yo‘q. Agar biz oshirsak, ishlab chiqarishning ham, boshqa narsalarning ham tannarxi oshadi. Davlatimiz rahbari xalq manfaatini o‘ylab, bizga tannarxni kamaytirish masalasini qo‘ymoqda.

Besh barmoq barobar emas. Ayni paytda tarmog‘imizda 25 ming nafar odam ishlaydi. To‘g‘ri, bizning tizimda ham o‘g‘riliklar, nojo‘ya qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Ammo aholining farovon hayot kechirishi uchun astoydil ishlashga harakat qilyapmiz”, — dedi Ulug‘bek Mustafoyev.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog