Foto: Deborah Morgan and Company, Inc.

O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi

Yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni 2021-yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar va talabalar forumida maʼlum qildi.

Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.

Maʼlumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22–28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga ogʻirlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni 2021-yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda taʼlim kreditlarini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar daromad soligʻidan ham ozod qilinadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi oʻqishning birinchi yili uchun kontraktni byudjetdan toʻlab berish tartibi joriy etiladi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Latest from Blog