O‘zbekistonda 2020-yilda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trillion so‘mning 845 milliard so‘mi talon-toroj qilingan

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-mart, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov 2020-yilda manzilli dasturlarga ajratilgan mablag‘larning qanchasi talon-toroj qilingani haqida so‘z yuritdi.

Mavlonovning qayd etishicha, O‘zbekistonda 2020-yilda manzilli dasturlarga yo‘naltirilgan 10 trillion so‘mning 845 milliard so‘mi talon-toroj qilingan.

Yig‘ilishda davlat rahbari ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari kamaymayotganini tanqid qildi.

“Menga ‘o‘g‘irladi’ degan gap juda og‘ir botadi. Shaxsan o‘zim kimnidir qamab yuborishga buyruq bermaganman. 25 yil qamash bilan shug‘ullandik, lekin korrupsiya yo‘qolmadi. Endi Mavlonovga katta topshiriq, aholi va OAV nazoratini yo‘lga qo‘yib, talon-torojliklarning oldini olishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog