O‘zbekistonda 2017-yilning oxirigacha raqamli teleuzatishga to‘liq o‘tiladi

O‘zbekistonning barcha aholi yashash punktlarida 2017-yilning oxirigacha raqamli teleuzatishga to‘liq o‘tiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 17-iyuldagi “Raqamli teleuzatishga o‘tish va yer usti muqobil teleuzatishni to‘xtatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: Publika.uz

Buning uchun respublika bo‘ylab 90 komplekt katta quvvatli va 404 komplekt kichik quvvatli raqamli teleuzatish peredatchiklari ekspluatatsiya qilish va o‘rnatish rejalashtiilgan.

Belgilangan grafikka ko‘ra, O‘zbekiston hududida 2018-yil 5-dekabrigacha, Toshkent shahrida esa 2018-yil 15-iyuliga qadar muqobil teleuzatish to‘xtatiladi.

Tijoriy banklariga “Mahalla” xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda aholiga, ayniqsa aholining ehtiyojmand qatlami va pensionerlarga raqamli televidenie xizmatlaridan foydalanish uchun kerakli uskunalar, jumladan, televizorlar, pristavkalar va boshqalarni xarid qilishda imtiyozli iste’mol kreditlarini taqdim etishni kengaytirish tavsiya etildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar