O‘zbekistonda 20-iyul kuni 562 kishida koronavirus aniqlandi. Yana besh bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 19-iyul soat 23:30 dan 20-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 562 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun koronavirusga chalinganlar soni 500 nafardan oshmoqda. Hozirgacha eng ko‘p kasallanish holati 13-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha kuni 594 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17314 kishiga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 63 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
  • 499 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 365 nafar, Andijon viloyatida — 32 nafar, Namangan viloyatida — 26 nafar, Sirdaryo viloyatida — 23 nafar, Jizzax viloyatida — 13 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 11 nafar, Surxondaryo viloyatida — 10 nafar, Farg‘ona viloyatida — 6 nafar, Navoiy viloyatida — 5 nafar, Toshkent viloyatida — 4 nafar, Samarqand viloyatida — 4 nafar) aniqlangan.

Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi. Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagina koronavirus aniqlanmadi. Xorazm viloyatida oxirgi marta 10-iyul kuni kasallik qayd etilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog