O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan

//

Hozirga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tufayli vafot etganlar soni 622 kishini tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vaziriligi.

«Mazkur o‘lim holatlari maxsus laboratoriya hamda patologoanatomik tekshiruvlarda ham tasdig‘ini topganidan so‘ng qayd etilgan. Kasallikning ayrim simptomlari mavjud bo‘lib, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga gumon qilingan bemorlar umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Respublika patologik anatomiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Rajabboy Israilov o‘lim holatlarini qayd etishning qoidalariga to‘xtalgan.

«Birinchidan, klinik simptomlar, tahlil natijalari, ya’ni PZR tahlili tasdiqlangandan so‘ng bemor kasallik natijasida vafot etsa, undan keyingi patologoanatomik tekshiruvda ham ushbu tashxis o‘z tasdig‘ini topishi kerak. Aksariyat hollarda esa, patomorfologik tekshiruv natijasida bemor koronavirusdan o‘lmaganligini aniqlash mumkin. Bunday holatlarda o‘lim koronavirusdan vafot etganlarning rasmiy statistikasiga kiritilmaydi», — deydi u.

Rajabboy Isroilov koronavirus bemori surunkali boshqa yondosh kasalliklari oqibatida nobud bo‘lishi ham mumkinligini qayd etdi. «Bu borada ham yakuniy hujjat patologoanatom xulosasiga asosan beriladi», — dedi tibbiyot fanlari doktori.

U 2020 yilda xorijda vafot etgan 1629 nafar o‘zbekistonliklar ham mamlakatning 2020 yildagi o‘limlar statistikasiga kiritilishini, lekin COVID-19 statistikasiga kirmasligini aytdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 10 fevraldan buyon koronavirusdan o‘lim qayd etilmagan. Chunki vazirlik kasallikdan vafot etganlar soni 622 kishiga yetganligi to‘g‘risida 11 fevral kuni bir kun oldingi holat bo‘yicha bergan ma’lumotida xabar bergan. Vazirlik tomonidan 621 o‘lim holati 23 yanvar kuni qayd etilgan.

Oldinroq O‘zbekistonda pandemiya hukmron bo‘lgan 2020-yilda 20,2 mingta ortiqcha o‘lim qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar