O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xitoy yoshlari kommunistik ittifoqi bilan hamkorlik o‘rnatdi

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi delegatsiyasi xorijdagi ilk safarini Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Shanxay shaharlaridan boshladi. Bu haqda Ittifoq matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi

22-avgust kuni Pekin shahrida Xitoy yoshlari kommunistik ittifoqi va Butunxitoy yoshlar federatsiyasi rahbariyati O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.

Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Xitoyda yoshlarga oid davlat siyosatining bandlik va tadbirkorlik sohalari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgan bo‘lib, tashrif 29-avgustga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ShHTga a’zo mamlakatlar yosh tadbirkorlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etish delegatsiya kun tartibidagi asosiy masaladir.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar