Foto: Interfax.uz

O‘zbekiston yanvar–iyul oylarida xorijdan jami 258,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qildi

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar–iyul oylarida 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

2021-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 3 751 ta;
  • Koreya – 3 187 ta;
  • Rossiya – 2 589 ta;
  • Qozog‘iston – 1 330 ta;
  • Polsha – 386 ta;
  • Litva – 312 ta;
  • Tailand – 250 ta;
  • AQSH – 238 ta;
  • Germaniya – 70 ta;
  • Yaponiya – 56 ta.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning 7 oyida qiymati 7,7 million AQSh dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.

Latest from Blog