O‘zbekiston valyuta siyosatining erkinlashtirilishi oqibatlarini yengillashtirish uchun JB zayomini jalb etmoqchi

O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtishning real sektor korxonalari va ijtimoiy sohaga ta’sirini yengillashtirish uchun Jahon bankining 1 mlrd dollargacha miqdordagi zayomini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqdagi kelishuvga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan. 27-sentabrda esa davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosat sheriklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Zayomning dastlabki shartlari muhokamasi joriy yil noyabrida boshlanishi, kelishuv loyihasi esa kelgusi yilning ikkinchi-uchinchi choragida JB direktorlar kengashi tasdig‘iga kiritilishi lozim.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar