O‘zbekiston va Xitoy 22 mlrd dollardan ko‘proq umumiy qiymatga ega 100 dan ortiq hujjat imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga ilk davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 22 mlrd dollardan oshadigan 105 ta hujjatni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jaev ma’lum qildi.

Foto: www.gov.cn

Ahmadxo‘jayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Xitoy energetika, nasos stansiyalarini modernizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, kimyo, transport kommunikatsiyasi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik qiladi.

Ahmadxo‘jayevning aytishicha, Xitoyning ishbilarmonlik doiralari O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirishmoqda. Uning ta’kidlashicha, Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor.

Latest from Blog