O‘zbekiston va Turkmaniston Kaspiydagi konlarni birgalikda o‘zlashtirishni mo‘ljallamoqda

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi va «Turkmennebit» Davlat konserni o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Marosim shanba kuni Turkmanboshidagi «Avaza» kongress-markazida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Sof.uz.

Foto: geocder.ru

Hujjatda Kaspiyning Turkmaniston shelyefidagi konlarda birgalikda razvedka va konni o‘zlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni ko‘zda tutadi.

Tomonlar mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv shartlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olishni mo‘ljallamoqda. Rejalashtirilayotgan hamkorlik ikki mamlakat neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Latest from Blog